Разместить товар+
Москва
Описание

Аlloh taologa U Zotning ulugʼligiga munosib hamd va sanolar boʼlsin! Nabiy sollallohu alayhi vasallamga mukammal va tugal salovo-tu salomlar boʼlsin! Qay bir jamiyatda dindan bexabarlik, ilmsizlik, johillik koʼpaysa,...Подробнее

500 ₽
1 250 ₽
Продавец:Я Маркет
Описание
Аlloh taologa U Zotning ulugʼligiga munosib hamd va sanolar boʼlsin! Nabiy sollallohu alayhi vasallamga mukammal va tugal salovo-tu salomlar boʼlsin! Qay bir jamiyatda dindan bexabarlik, ilmsizlik, johillik koʼpaysa, turli irim-sirimlar, xurofotlar va zararli illatlarga yoʼl ochiladi. Johiliyat zamonidan buyon ayrim kishilar ongi va dunyoqarashida yashab, ularni haq yoʼldan chalgʼitib kelgan baʼzi mu-ammolar keyingi paytlarda yana yangidan boʼy koʼrsata boshladi. Odamlar orasida folbinga boradiganlar, folbinning aytganini qiladiganlar va folbinlarga oid savollar beradiganlar koʼpayib qoldi. Shuningdek, sehr va sehrgarlar mavzusiga oid turli mish-mishlar, tashviqotlar, asossiz gap-soʼzlar ham tobora xalq orasida urchib bormoqda. «Falonchi sehrlangan emish, endi uning sehrini yoʼqotadigan odam topilmayotganmish», «Pistonchi erni xotinga yoki xotinni erga «isitib» berayotganmish, uning eshigidan «issiq-sovuq» qildiradiganlarning keti uzilmay qolibdi» kabi gap-soʼzlarning nihoyatda avj olgani ham haqiqat! Shunday usullar bi-lan baʼzilarning bir-birlariga zarar yetkazayotgani, yana kimlar-ningdir shu illatlardan zarar topgani haqidagi gaplar ham koʼpaygani hech kimga sir emas. Аyniqsa oʼziga sehr yoki «issiq-sovuq» qilishgani haqida soʼzlovchilar tobora koʼpaymoqda. Ular oʼzlariga yetayotgan barcha noxushlik va koʼngilsizliklarni sehrdan koʼrib, oʼzlari gumon qilgan shaxsni ashaddiy dushman deb hisoblab, unga nisbatan nafratlarini yashirolmay yurishibdi. Jin chalishi masalasida ham avvallari umuman koʼz koʼrib, quloq eshitmagan, bir-biridan vahimali va hayratlanarli xabarlar koʼpaygandan-koʼpaydi. Soʼnggi olti-etti yil ichida baʼzi odamlar-ning ichiga jin kirib olayotgani, oʼsha jinlarni kimlardir haydab chiqarayotgani haqidagi turli mish-mishlar xalq ogʼzidan tushmay qoldi.
Bemorlarni hech kim davolay olmayotgan dardlardan turli noanʼ-anaviy yoʼllar vositasida «xalos qilayotganlar» toʼgʼrisidagi mash-mashalarni eshitmagan odam boʼlmasa kerak. Kimdir «odamlari» orqali kishilar ustida amaliyot oʼtkazgani, fargʼonalik bir xonim hatto farishtalarni ishga solib, dardlarga malham boʼlayotgani, yana birov ilgirlik bilan hamma dardga shifo topayotgani, boshqa birov qamchi bilan urib davolayotgani va hokazolarni aytib, hammani hayratda qoldiradigan boʼlib ketdi. Kuni kecha ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan bir xa-bar ushbu satrlar muallifini yuqorida zikr qilingan mavzularga qaytishga, bu masalaga katta ahamiyat bergan holda musulmonlari-mizni ushbu xatarli illatlardan ogohlantirishga chorladi. Mazkur xabarda quyidagilar aytiladi:«Moskvaning bosh kardiologi Yuriy Buziashvili rossiyaliklar-ning har yili folbin va ekstrasenslarga 30 milliard dollar pul sarflayotganini maʼlum qildi», deb xabar berdi «Interfaks» agentligi. Uning aytishicha, rossiyalik shifokorlar tibbiy xizmat-lar bozorida nafaqat xorijiy hamkasblari bilan, balki ekstra-senslar bilan ham raqobatlashishga majbur boʼlishmoqda. Buziash-vilining aytishicha, rossiyaliklar chet elda davolanish uchun yiliga taxminan 17 milliard dollar pul sarflayotgan boʼlsa, folbin, kohin va sehrgarlarga salkam ikki baravar koʼp mablagʼ sarflashar ekan. Bosh kardiologning fikriga koʼra, bu hol Rossiyada tibbiyot-ning rivojiga xalaqit bermoqda. Rossiyalik shifokorlar bu ulkan mablagʼning hech boʼlmaganda 10 foizini mazkur raqobatchilardan olib qoʼya olsa, qandayin muvaffaqiyatga erishishi mumkin. «RIА Novosti»ning maʼlumotiga koʼra, yaqin kelajakda Rossiyada tibbiyot toʼliq pullik xizmatga aylanadi.
Основные характеристики
Производитель
HILOL NASHR
Сер. номер
103086108825
Сравнение цен